"Nihol" mukofotining saralash bosqichi bo'lib o'tdi.
May oyining 6 sanasida Toshkent shahar Eko parkida Toshkent shahar Markaziy madaniyat markazining "Nihol" davlat mukofoti saralash bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu ko'rik tanlovda 5 ta yonalish estrada, musiqa, mumtoz qo'shiq, raqs va opera san'ati bo'yicha 30 dan oshiq yosh ijodkorlar kurashga kirishishdi. "Nihol" davlat mukofotiga talantlar ichidan eng munosiblarini tanlab olish uchun ko'p yilli tajriba va xalq mehriga sazovor bo'lgan hakamlar hayati jalb qilindi. Jumladan ustoz san'atkor H.Adilov, Toshkent shahar madaniyat Bosh boshqarmasi boshlig'i A.Sahiyev, O'zbekiston Xalq xofizi B.Do'stmurodovlar nomzodlarni odilona baholashdi.
Bundan tashqari ko'riktanlovga ko'tarinki kayfiyat bag'ishlash maqsadida madaniyat markazning bir guruh san'atkorlari o'z ijod na'munalarini yig'ilgan mehmonlarga havola etishdi. Kun oxiriga kelib kuchli raqobat va hayajonlarga boy bo'lgan ko'rik tanlov natijalari e'lon qilindi. Jumladan hakamlar tomonidan shahar bosqichiga quyidagi ishtirokchilar yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Estrada-G'ulomov Zokirjon
Musiqa-Rajabov Kamron, Bo'tayeva Nigina
Mumtoz qo'shiq-Jovliyeva Sevinch
Opera san'ati-Abdumutalova Ra'no
Raqs-Narzullayeva Fotima va Zuhra
Qariyib 3 soat davom etgan ko'riktanlovni yakunlab berish hamda o'z xulosalarini bildirish uchun so'zga chiqqan Toshkent shahar madaniyat Bosh boshqarmasi boshlig'i A.Sahiyev "Xujjatlari taqdim e'tilgan nomzodlar ichidan g'oliblarni aniqlab olish biz hakamlar uchun juda qiyin bo'ldi. Sababi hammasi kuchli, hammasi iqtidorli. Ammo juda kichik nisbatlar bilan biri boshqasidan farq qiladi. Men yoshlarimizda o'zbek sa'natiga bo'lgan ishtiyoq va g'ayratni ko'rib, O'zbekiston san'atini kelajakda yangi cho'qqilarga olib chiqadigan yosh avlod shakillanib borayotganiga amin bo'ldim va sevindim"-diya tashkilotchilar va ishtirokchilarga ulkan zafarlar tilab o'z fikrlarini yakunladi.
Ko'rik tanlovni ko'rish uchun saytimizning media bo'limiga o'ting.
Maqola muallifi: ObRo'