“Nihol” mukofoti toʼgʼrisida nizom
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun
“Nihol” mukofoti toʼgʼrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. “Nihol” mukofoti isteʼdodli yoshlarning jamiyatimiz maʼnaviy hayotini yuksaltirishdagi muhim oʼrnini inobatga olib, oʼzining estrada, musiqa, mumtoz qoʼshiq, raqs va opera sanʼati ijrochiligi sohasidagi mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan, ularni maʼnaviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik koʼrsatayotgan 17 yoshdan 25 yoshgacha boʼlgan iqtidorli yoshlarni muntazam ragʼbatlantirib borish maqsadida beriladi.
2. Nomzodlar jami beshta nominatsiya — estrada, musiqa, mumtoz qoʼshiq, opera ijrochiligi va raqs sanʼati boʼyicha tanlovlar orqali saralanadi. “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari tanlovda ishtirok etmaydilar.
3. Har bir oʼringa munosib nomzodlarni tanlash uchun Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tanlovlar oʼtkaziladi. Tanlovda ishtirok etadigan ijrochilar isteʼdodi tomoshabinlar, keng jamoatchilik ishtirokida oʼziga xos sinovdan oʼtkaziladi.
4. Nomzod isteʼdodi va ijro madaniyatining oʼziga xosligi, badiiy mahorati va saviyasi, milliy sanʼatimizning yuksak namunalaridan boxabarligi bilan alohida ajralib turishi, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, mustaqillik gʼoyalarini, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan madaniy-maʼrifiy islohotlar mohiyatini sanʼat vositasida targʼib etishga xizmat qilishi lozim.
5. Tavsiya etilayotgan ishlarni koʼrishda nomzodning professional tayyorgarligi, badiiy ijrochilik mahorati, repertuar saviyasi (musiqa, matn), ijtimoiy faolligi, insoniy fazilatlari yetakchi mutaxassislar tomonidan yuqori baholanganligi, jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilganligi inobatga olinadi.
6. Аkademik va anʼanaviy ijrochilik, estrada, opera, raqs sohasidagi ijodiy ishlarni baholashda nomzodlarning mamlakatimiz va xorijdagi koʼrik hamda tanlovlarda erishgan yutuqlari ham eʼtiborga olinadi. II. Tanlovni oʼtkazish bosqichlari 1-bosqich (aprel-may)
7. Tanlovning birinchi bosqichi Oʼzbekiston Respublikasining tuman va shaharlarida oʼtkaziladi. Talabgorlar hujjatlarini tuman va shahar madaniyat va sport ishlari boʼlimlari huzurida tuziladigan ishchi guruhga taqdim etadilar.
7.1. Ishchi guruh tarkibi tuman va shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
8. Ishchi guruhlar 5—7 kishidan iborat boʼlib, ularning tarkibiga tuman, shahar madaniyat va sanʼat muassasalari mutaxassislari, joylardagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamda boshqa jamoat tashkilotlari vakillari kiritiladi.
9. Ishchi guruhlar yigʼilishlarini tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish tuman, shahar madaniyat va sport ishlari boʼlimlari xodimlaridan tayinlanadigan masʼul kotib tomonidan olib boriladi.
10. Ishchi guruhlar topshirilgan hujjatlarni muhokama qilib, nomzodlarni atroflicha oʼrganib chiqib har bir nominatsiya boʼyicha bir nafardan nomzodni Qoraqalpogʼiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi viloyat hamda Toshkent shahri madaniyat va sport ishlari boshqarmalari huzurida taniqli mutaxassis va sanʼatkorlardan tuziladigan komissiyaga tavsiya etadilar.
11. Аgar muayyan nominatsiya boʼyicha munosib nomzod boʼlmasa, oʼsha yoʼnalishda tavsiya berilmasligi mumkin.
11.1. 1-bosqich tanlovning birinchi yilida oʼtkaziladi 2-bosqich (oktyabr-noyabr)
12. Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar komissiyalarining faoliyati Qoraqalpogʼiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyat hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi, uning tarkibi joylardagi yetuk madaniyat va sanʼat sohasi mutaxassislari hamda taniqli sanʼatkorlar, “Oʼzbeknavo” estrada birlashmasining hududiy boʼlimi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa jamoat tashkilotlari vakillaridan tashkil topadi.
13. Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar komissiyalari tuman va shaharlar ishchi guruhlari taqdim etgan tavsiyalarni batafsil oʼrganib chiqib, keng jamoatchilik va tomoshabinlar ishtirokida nomzodlarni respublika bosqichiga saralash uchun kontsert dasturi yoki koʼrgazmali chiqishlar shaklida koʼrik-tanlov oʼtkazadi.
14. Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri komissiyasi koʼrik-tanlov yakuniga koʼra 4 nafargacha nomzodni tanlab olib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti Respublika kengashiga taqdim etadi (keyingi oʼrinlarda — Respublika kengashi deb yuritiladi)
15. Аyrim yoʼnalishlar boʼyicha munosib nomzod aniqlanmasa, tavsiya berilmasligi mumkin.
16. Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyat ommaviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning faoliyati, erishgan yutuqlari yoritib boriladi. 16.1. 2-bosqich tanlovning birinchi yilida oʼtkaziladi. 3-bosqich (iyunь-avgust)
17. Respublika Kengashi Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan taqdim etilgan nomzodlarning ijodiy ishlarini koʼrib chiqadi.
18. Respublika Kengashi faoliyatini tashkillashtirish Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
19. Respublika Kengashi barcha yoʼnalishlar boʼyicha nomzodlarni tanlab, ularning ijodiy ishlarini koʼrib chiqadi va tanlov asosida sovrindorlarni belgilaydi. Qoida tariqasida, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarga bittadan, Toshkent shahriga 2 ta oʼrin beriladi. Biror viloyatdan munosib nomzod topilmagan taqdirda ushbu hududga ajratilgan oʼrin Toshkent shahri, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va boshqa viloyatlarga berilishi mumkin. 15 nafar sovrindor Kengashning maxsus qarori bilan tasdiqlanadi va ularga “Nihol” mukofoti topshiriladi.
20. Respublika ommaviy axborot vositalarida nomzodlar, ularning faoliyati va ijodi keng yoritib boriladi.
21. 3-bosqich tanlovning ikkinchi yilida oʼtkaziladi. Har bir bosqich gʼoliblari navbatdagi bosqichda oʼzlarining yangi repertuarlari (yangi qoʼshiq va kuy va h.k) bilan ishtirok etishlari shart. III. Hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi
22. Har bir nomzodning hujjatlari bilan birga Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri komissiyalarining xulosalari va qarorlari yuboriladi. Qarorda nomzodning ismi, familiyasi va otasining ismi, faoliyati va ijro mahoratining keng jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilganligi haqidagi maʼlumotlar, mukofotga taqdim etish asoslari koʼrsatiladi. Har bir nomzod boʼyicha quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: nomzodning pasporti nusxasi, diplom nusxasi yoki taʼlim olayotgan oʼquv yurtidan maʼlumotnoma; repertuarlar roʼyxati, video-audio alьbomlari; nomzodning shaxsiy varaqasi, tarjimai holi, 4 dona fotosurat (2 dona 3x4, 2 dona ijodiy jarayondagi surat), tanlovlarda qatnashganligi haqidagi diplom yoki sertifikat nusxasi (agar boʼlsa); doimiy oʼqish yoki ish joyidan berilgan va mazkur tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlangan ijodiy tavsifnoma; ommaviy axborot vositalarida nomzod haqida berilgan koʼrsatuv va eshittirishlar yoki maqolalar nusxasi (agar boʼlsa).
23. Talabgorning hujjatlari yuqorida koʼrsatilgan tartibda va belgilangan muddatlarda qabul qilinadi. IV. “Nihol” mukofotini topshirish tartibi
24. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti har ikki yilda bir marta Mustaqillik bayrami arafasida, avgust oyining oxirgi oʼn kunligida tantanali vaziyatda topshiriladi.
25. “Nihol” mukofoti oʼz ramzi aks ettirilgan sovrin va eng kam oylik ish haqining 70 baravari miqdoridagi pul mablagʼidan iboratdir.
26. “Nihol” mukofotiga sazovor boʼlgan yoshlar madaniyat, sanʼat yoʼnalishidagi oliy va oʼrta maxsus oʼquv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilinadi (ansamblь, jamoa sifatida ishtirok etganlar bundan mustasno), mamlakatning atoqli sanʼatkorlaridan saboq olish imkoniyatiga ega boʼladi.
27. “Nihol” mukofoti takroran berilmaydi. 28. “Nihol” mukofoti sovrindorlarining roʼyxati Mustaqillik bayrami arafasida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.