Milliy marosim Beshik to`yi
Beshik toʻyi (qozoqcha: бесік тойы; turkcha: beşik toyu[1] yoki beşik töreni[2]) — Yaqin va Oʻrta Sharq, Oʻrta Osiyo xalqlari, jumladan oʻzbeklar oilasida toʻngʻich farzand tugʻilishi sharafiga oʻtkaziladigan tantanali marosim. Bu udum Oʻzbekiston viloyatlarida oʻziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Beshik chaqaloqning ona qarindoshlari—bobosi, buvisi, togʻa va xolalari tomonidan qilingan. Beshik udumi bilan bogʻliq chaqaloqqa kerakli barcha buyumlar tayyorlangan. Dasturxonga non, patir va anvoi shirinliklar tugilgan, shuningdek unga yana oʻyinchoqlar (qiz boʻlsa qoʻgʻirchoq) qoʻshilgan.
Koʻp yerlarda (xususan Toshkentda) chaqaloqqa atab (agar oʻgʻil boʻlsa) toy ham yasatilgan. Chaqaloqning otaonasi, bobosi va buvisiga sarpo ham qoʻyilgan. Bezatilgan beshik, sovgʻalar arava (mashina)ga yuklab, karnaysurnay va childirmachilar joʻrligida olib borilgan.
Mehmonlar kutib olinganda, niyatlari oq boʻlishi, bolaga baxt tilash ramzi sifatida ularning yuzlariga un surib qabul qilingan. Shu vaqtning oʻzida boshqa xonada doya buvi boshchiligida barcha irimsirimlar ijro etilib, chaqaloqni beshikka belash marosimi (odatda, bolani beshikka koʻp bolali ayol belagan) oʻtkazilgan.
Marosim oxirida yaqin qarindoshlar chaqaloq huzuriga, yuz koʻrarga kirib sovgʻa berib, beshik ustiga shirinlik sochib baxt tilab chiqib ketadilar.[3]
Beshik to’yi – chaqaloqni birinchi marta beshikka solish bilan bog’liq bo’lib, nishonlanadigan marosimli bayramdir. Bu eng qakdimgi va O’zbekistonda eng keng tarqalgan marosimlardan biri. Odatda bu to’y chaqaloq tug’ilishining 7-, 9-, 11- kuni o’tkaziladi. Turli viloyatlarda marosim o’zicha xususiyatlarga ega bo’ladi va oilaning boyligi darajasiga bog’liq bo’ladi: o’ziga to’q oilalar odatda bu to’yni katta ko’lamda o’tkazadi, kambag’al oilalar esa uni kamtarona nishonlaydilar.
Beshik va chaqaloq uchun barcha zarur andomlar chaqaloq onasining qarindoshlari tomonidan beriladi. Dasturxonga non, shirinliklar va o’yinchoqlar o’rab beriladi. Chaqaloqning ota-onasiga, uning bobo-buvilariga sovg’alar tayyorlanadi. Boy bezatilgan beshik, dasturxonlar va sovg’alar transport vositasiga qo’yilib, mehmonlar bilan birgalikda, karnay-surnay va nog’ora sadolari ostida chaqaloqning ota-onasi uyiga jo’natiladi.
An’anaga ko’ra olib kelingan beshikni avval chaqaloqning bobosi o’ng yelkasiga qo’yadi, keyin o’g’lining o’g’ yelkasiga uzatadi, u esa beshikni chaqaloqning onasiga beradi. O’tmishda mehmonlarning barcha niyatlari toza va yaxshi bo’lishi uchun ular yuziga oq un surar edilar. Mehmonlar mehmonxonaga yasatilgan dasturxonga taklif etiladi va mehmonlar ovqatlanib, sozandalarni tinglab, bazm qilib o’tirgan paytda qo’shni xonada kampirlarning ishtirokida bolani yo’rgaklash va beshikka solish marosimi o’tkaziladi. Marosim oxirida mehmonlar bolani ko’rish uchun oldiga kiradilar, unga sovg’alarni beradi va beshikning ustiga parvarda yoki qand sepadilar. Shu bilan marosim tugab, mehmonlar uy-uylariga qaytadilar.