Mehr qolur, muhabbat qolur.
Toshkent shahar Markaziy madaniyat markazining Yunsobod tumanidagi 250-maktabida O'zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbir aynan shunday nomlandi. 250-maktab bilan hamkorlikda o'tgan tadbirda markaz xodimlari o'zlarining badiiy va musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Maktab o'quvchilarning she'riy guldastalari tomoshabinlarda o'zgacha taasurot qoldirgan bo'lsa markaz hodimlarining Muhammad Yusuf qalamiga mansub qo'shiqlar ketma ketligi adabiiy kechaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Jumladan Djurabayev G'afur, Todjiyev Ibrohim hamda Chariyev Guliyamlar markaz nomidan faol ishtirok etishdi.
Eslatib o'tamiz: Tadbir bugun 23-aprel kuni soat 12.00 da 250-maktabning faollar zalida bo'lib o'tdi.