MARKAZNING MARKAZIDA JOYLASHGAN KUTUBXONA

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bosh vaqtlarini mazmunli tashlik etish” bo’yicha 5 ta muhum tashabbusning  to`ritinchi bandi ijrosini ta`minlash maqsadida Toshkent  shahar Markaziy madanyat markazining binosida o`tgan 2020-yilda kutubxona tashkil etilgan edi. Bugungi kunga kelib ushbu kutubxonada badiiy va ilmiy turdagi 1500 dan ortiq adabiyotlar kitobxonlar mutolasi uchun hozir-u nozir.

Ko’rib turganingizdek, Markaz kutubxonasi kichik bo’lishiga qaramay, badiiy asar va kitobxonlar bilan doimo gavjum. Kutubxona mudirasi Shohida Uroqovaning takidlashicha, kitobxonlar nafaqat madaniyat hodimlari, balki to’garak azolarini ham o’ziga jalb qilgan. Bu albatta quvonarli hol. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha mutola shaydolarini o’z bag’riga jamlagan ushbu mo’jaz kutubxonada siz turli xol mavzudagi adabiyotlarni uchratishingiz mumkin.

Kutubxona javonida mashhur adiblar asarlaridan tortib yosh ijodkorlarning asarlarini ham uchratishingiz mumkin. Jumladan, Markazimizda faoliyat yuritib kelayotgan yosh ijodkor, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Obidjon Ro’ziboyevning “Merosxo’r” nomli pyesalar to’plaminining borligi biz uchun quvonarli hol albatta.

Ming bora eshitgandan bir ko’rgan yaxshi deganlaridek, sizni ushbu ziyo gulshanimizga takif qilamiz!

Bizni kuzatishda davom eting toshmadaniyat.uz

YANGILIKGA OBUNA BO'LING