MARKAZ XODIMLARI CHIRCHIQDA
Toskent shahar Markaziy madaniyat markazi xodimlari shu yilning 5-iyul kuni poytaxtimizning Chirchiq tumanida joylashgan Botanika istirohat bog’ida hayriya konserti bo'ldi. Markaz xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy va qo’shiqlar sanatoriya davolanuvchilariga o’zgacha quvonch bag’ishladi desak mubolag’a bo’lamaydi. Istirohat bog’ining yozgi maydonida bo’lib o’tgan ushbu konsertda markzamizda faoliay yuritib borayotgan "Tamanno", "Nodirabegim" singari xalq jamoalarining bir-biridan go'zal kuy va qo'shiqlari 100 ga yaqin yig'ilgan tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.
"Hayot" teatr studiyasining kichik sahna ko'rinishi esa kuy va qo'shiq kechasiga o'zgacha jilo baxsh etdi. Hamda uzoq muddatli mehnat o'z so'zini aytdi. Aktyorlarning har bir so'zi sihatgoh davolanuvchilari tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.
20 dan ortiq san'atkorlar ijrosida deyarli bir yarim soat davom etgan ushbu konsert dasturi juda maroqli va mazmunli bo'lib o'tdi. Kechaning badiiy qismini esa yurtni, tinchlikni tarannum etuvchi ijodkor ustoz san'atkor Z.Umarova tomindan ijro etilgan "Yurt qadri" nomli qo'shig' yakunlab berdi.
O'ylaymizki ijoddan tinib tinchmas markaz xodimlari bunday ijodiy kechalari hali uzoq daom etadi.
Muhbir:ObRo'