KUZGI NAVO NOMLI KONSERT DASTURI
Bugun Toshkent shahar Markaziy madaniyat markazi binosida markazda faoliyat yuritayotgan xalq jamoalari va to'garaklari ishtirokida "Kuzgi navolar" nomli navbatdagi konsrt dasturi bo'lib o'tdi. Qariyib 2 soat davom etgan konsert dasturida markaz ijodiy xodimlari o'zlarining oxirgi uch oy davomida ishlagan yangi repertuarlarini namoyish etishdi. Ularning chiqishlari tashrif buyurgan mutaxasis va mehmonlar tomonidan iliq kutib olindi. Albatta ish bor joyda kamchilik bo'laldi. Mutaxassislar tomonidan ijodiy ishlar uchun kerakli maslahat va takliflar berildi.
Ammo bugun men ush bu maqolam orqali sizlargan doimgidek markazning ijodiy faoliyati haqida o'shirib ko'pirib sozlamoqchi emasman. Ko'p yillardan buyon katta markazimizning kichik muammosi bo'lib kelayotgan sahna haqda so'z yuritmoqchiman. Bugun markaz faoliyatining rang - barang ijod yo'liga nazar tashlasak ularning bu istedod va talantlariga markaz sanhnasi biroz kichiklik qilib qolayotgandek tuyuladi. Bu norozilik yoki yaratilgan sharoitlarga nisbatab noshukurlik emas shunchaki katta maqsadni ko'zlab yo'lga chiqqan madaniyat xodimlari uchun balkim o'zlarinig katta sahnasi bo'lish fursati yetgandir. Xonaning yarimini bo'lib nomigagina sahnada qilib olib ishlayotgan jajji o'g'il qizlarni ko'rib bizor yukli maqola yozishga majbur boldim. To'gri ular hali yosh. "Kichik bolalarga kichik sahna ham bo'ladi" deyishingiz mumkindir. Ammo unutmasligingizni istardimki ular san'atga bo'lgan ilk tasavvurini sahnadan olishadi. U qanchalar zax va tor bo'lsa, san'atni ham shunday deb o'ylashadi. Aksincha qanchalik ulkan va yorug' bo'lsa, shunga qarab talpinishadi. To'g'ri haqiqiy istedod uchun sahnaning katta kichigi bo'lmaydi. Muhimi uning ulkan yuragi va so'nmas shijoati bo'lsa bas deyishingiz mumkin. Ammo, ochiqliq siyosati va so'z erkinigi himoyalangan Yangi O'zbekistonning bir madaniyat xodimlari sifatida mutassaddi tashkilotlardan bizning markazga ham tomoshabinlari kelganda tortinmay ko'rsatadigan sahna berishlaringizni hohlardik. Etiboringizga ushbu mitti sahnada yaratilgan ulkan san'at asarlarini havola etdik.