Katta ahula yoki Patnus ashula
“Kаttа Аshulа” yoki “Pаtnis аshulа” – O’zbеkistоnning Fаrg’оnа vоdiysidаgi o’zbеklаrdаn tаshqаri tоjik, uyg’ur vа turklаr, shuningdеk, Qirg’izistоn, Tоjikistоn hаmdа Qоzоqistоnning аyrim tumаnlаridа yashоvchi turli millаtlаrning o’zigа хоs mаdаniy hаyotining bir qismi hisоblаnmish, аshulа kuylаshning milliy turi hisоblаnаdi. Kаttа Аshulа оriginаl jаnrdа o’z ichigа tеаtrlаshtirilgаn tоmоshа, аshulа kuylаsh, chоlg’u musiqаsi, shаrq shе’riyati vа muqаddаs mаrоsimlаrini jаmlаydi.
Kаttа Аshulа ikki vа undаn оrtiq (bеsh kishigаchа) аshulаchilаr tоmоnidаn chоlg’u аsbоblаrning jo’rligisiz, nаvbаt bilаn kuylаnаdi. Ushbu kuylаsh turining аsоsiy хususiyatlаridаn biri bu, imprоvizаtsiya, umumiy ritm, yuqоri tоn, kеng nаfаs, mustаqil uslub, ritm hаmdа so’zlаrning hаmоhаngligidа kuylаsh hisоblаnаdi.
Andijondan Nurali Xamidov va Ubaydulla Oxunov
Katta ashula ijrochiligida badiha uslubidan keng foydalaniladi. Bu esa undagi nutqdosh va ohangdor tuzilmalar birbiriga mukammal va uzviy bogʻlanishini taʼminlaydi, ashulani rang-barang musiqa bezaklari bilan boyitadi, turli avjlar qoʻllanishiga olib keladi. Katta ashula ijrochisi anʼanaviy "ustoz-shogird" maktabini oʻtgan, sheʼriyat qonunlari va ijrochilik anʼanalariga tayangan, keng diapazonli, baland ovozga va mahoratga ega boʻlishi lozim. Hofizlar, odatda, sheʼr bandidagi boshlangʻich misralarning har birini galma-gal, soʻnggi misralarni joʻr boʻlib ijro etadilar. 20-asr ning 2-yarmida Katta ashulaning yangi ashula-cholgʻu yoʻllari, yakkaxon hofizga moʻljallangan turlari yuzaga keldi. Mazkur namunalarda cholgʻu ansambli hamnafas hofiz vazifasini bajargan, ijroda erkin uslub saqlanib qolgan. Katta ashulaning bu uslubi Joʻraxon Sultonov tomonidan yaratilgan ("Ey dilbari jononim", "Ohkim", "Topmadim", "Guluzorim qani", "Mehnat axli", "Oʻzbekiston" va boshqalar). Ayrim maqom shoʻʼbalari ("Bayot", "Chorgoh", "Ushshoq") ham Katta ashula ("yovvoyi maqom") uslubida aytilgan (mas, "Yovvoyi Ushshoq", "Patnusaki Chorgoh", "Likobi Bayot" va boshqalar). Mohir sozandalar Katta ashulaning cholgʻu (nay, surnay, gʻijjak) yoʻllarini yaratdilar. Rivojlanish mobaynida Katta ashula ijrochilik (Qoʻqon, Margʻilon, Toshkent, Namangan — Andijon) maktablari shakllangan. Erkaqori Karimov, Sherqoʻzi Boyqoʻziyev, Haydarali Hikmatov, Meliqoʻzi Yusupov, Oʻtimboy Sarimsoqov, Turdiali Ergashev, Otamirza Abdurahmonov (Qoʻqon), Mamatbuva Sattorov, Joʻraxon Sultonov, Maʼmurjon Uzoqov, Boltaboy Rajabov, Ibrohim Ishokov, Musajon Orifjonov (Margʻilon), Orif Alimahsumov, Ortiqxoʻja Imomxoʻjayev, Akbar Haydarov, Eshmat Haydarov, Ochilxon Otaxonov (Toshkent), Fattohxon Mamadaliyev, Odiljon Yusupov, Joʻraxon Yusupov (Andijon), Hamroqulqori Toʻraqulov (Beshariq), Rasulqori Mamadaliyev (Buvayda), Solijon Hoshimov (Quvasoy) va boshqa Katta ashula ijrochiligida shuhrat qozongan. Halima Nosirova, Munojot Yoʻlchiyeva, Ismoil va Isroil Vahobovlar, Mahmud Tojiboyev, Mahmud Yoʻldoshevlar ham Katta ashulani mahorat bilan ijro etmoqdalar. 1984-yildan OʻzRda Katta ashulachilarning koʻriktanlovlari (Margʻilon, 1984; Toshkent, 1987; Koʻqon, 1991; Shahrisabz, 1994) oʻtkazilmokda. Katta ashula ijrochilik yoʻllari anʼanaviy mahorat maktablari (Baliqchi, Buvayda) va musiqa oʻquv yurtlari (Fargʻona sanʼat bilim yurti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi)da oʻzlashtirib kelingan. 2001-yil Andijonda 1- Respublika professional Katta ashula ijrochilari tanlovi va ilmiy-amaliy (Toshkent, Andijon) konferensiyalari oʻtkazildi. Katta ashula bastakor (F. Sodiqov, "Oʻzbekiston", "Toʻy muborak"; M. Murtozoyev, "Sogʻinish" va boshqalar) va kompozitorlar (V. Uspenskiy, "Lirik poema"; M. Tojiyev, 3-simfoniya; M. Bafoyev, Xalq cholgʻulari orkestri uchun konsert; B. Umidjonov, a kapella uchun "Chorgoh")ning ijodlariga ozuqa boʻlmoqda.