KAMPIR TOPAYMI, DADAJON?

 

Bugun, 11-may Toshkent shahar Markaziy madaniyat markazida premerasi o’tkazilgan spektakl aynan shunday nomlanadi.

Prezidetimizning 5 ta muhim tashabbusi asosida markaz hodimlari yangi teatr studiasini   tashkil etishdi hamda ilk premeralaini tomoshabinlar hukmiga havola etishdi.

Avval xabar berganimizdek tashkil topganiga hali bir oy ham bo’lib ulgurmagan “Hayot” teatr studiyasi bugun o’zining ilk spektakl nomoyishini o’tkazdi. Ijodkorlar tomonidan tun-u kun qilingan mehnat o’z so’zini aytdi. Spektakl mutaxasis va tomoshabinlar tomonidan ilq kutib olindi. “Hayot” teatr studiyasining kelgusidagi rejalari katta. Markaz rahbari bo’lishiga qaramay xodimlari bilan bir sahnada rol ijro etgan Zohida Umarova “Kampir topmaymi, dadajon”folklor tomoshasi ortaqi dunyo sahnalarini zabt etmoqchiligini aytib o’tdi.

Ushbu tomoshani sahnaga olib chiqishda qo'llaridan kelgan barcha mehnatni qilgan jamoa azolariga to'xtalib o'tmasak bo'lmas. 

Ota-Qodirov Abdumalik,    Qiz-Zohida Umarova,   O'g'il Nazarov Fozil,    Nabira-Turg'unboyev Fayoz,   Matluba-G'oyibova Gulsara,    Buvi-Boymirzayeva Gulnoza

Biz ularning kelgusidagi ishlariga zafarlar tiligan holda teatr studiyasidan yangi ijod na’munalarini kutib qolamiz!

“Kampir topmaymi, dadajon”folklor tomoshasini ko’rish uchun bu yerni bosing.

xabarchi:ObRo'

YANGILIKGA OBUNA BO'LING