"HAYOT" - yangi teatr studiyasi.

San’at va madaniyat sohasida yangilik va izlanishdan  charchamaydigan Zohida Umarova rahbarlik qilayotgan Toshkent shahar Markaziy madaniyat markazida bugun yana bir yangi “Hayot” nomli teatr studiya o’z ish faoliyatini boshladi. O’z oldiga hayotimizning quvonchli va qayg’uli kunlarini  yangicha qarashlarda olib chiqishni maqsad qilib qo’ygan “Hayot” teatr studiyasiga Fozil Nazarov rejisyorlik qilmoqda. Ushbu teatr studiyaning boshqalaridan asosiy farqi shundaki u o’z bag’riga havoskorlarni yig’ibgina qolmay balki o’z ishining ustalari yani  mutaxasislarni ham jalb qilgan. 

“Hayot” teatr studiyasi o’zlarining ilk debyut ishlari uchun mashhur dramaturglardan biri Xoliq Xursanovning “Kampir tomaymi, dadajon” nomli musiqali -folklor tomoshasini tanlab olishdi. Ushbu asar komediya janrida bo’lishiga qaramay unda necha yillardan  buyon ota bobolarimizdan o’tib kelayotgan qadryatlar, urf odatlar haqida so’z boradi. O’ylaymanki bugungi to’kin sochin hayotimizda shukrona bilan yashayotgan yurtdoshlarimiz uchun o’tmishdan so’zlaydigan folklor janridagi asarlar manaviyatimiz yuksalishi uchun  ayni muddao bo’ladi deb o'ylayman. Bunday yukni o’z zimmalariga olgan “Hayot” teatr studiyasining boshlagan ishlarida zafarlar tilaymiz. 

Saytimiz orqali repetetsiya jarayonlarini yoritib boramiz.

Bizdan uzoqlashmang toshmadaniyat.uz  

YANGILIKGA OBUNA BO'LING