Bolalar bizning kelajagimiz!

 

Bugun 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan jajji bolajonlarmizni bayram bilan qutlash maqsadida Toshkent shahar Markaziy madaniyat markazi xodimlari ham tong saharlab tadbirlarga yo'l olishdi. Jumladan tonggi soat 9-00 dan boshlab Yunsobod tumanidagi 560-sonli davlat ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotida "Bolalar bizning kelajagimiz" nomli bayram tadbirida ishtirok etishdi.

Markaz xodimari tomonidan tashkil etilgan ushbu konsert dasturi bolajonlarga o'zgacha quvonch va ko'tarinki ruh bag'shladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Jumladan "Afrodita" hamda "Temuriylar" bolalar raqs dastalarining chiqishi konsert dasturiga o'zgacha jilo bag'ishladi desak mubolag'a bo'laydi.

Bir soatdan oshiqroq davom etgan ushbu tadbirda markaz xodimlaridan F.Turg'unboyev, T.Hojiyev, G.Boymirzayevalar o'z kuy va qo'shiqlari bilan chiqish qilgan bo'lsa markazimizda uzoq yilardan buyon S.Bozorov rahbarligida faoliyat yuritib kelayotgan "Aktyorlik mahorati" o'quvchilarning chiqshlari ham yuraklarni larzaga keltirdi.

Ushbu tadbirning boshqalardan farqi shunda bo'ldiki bugun nafaqat markazimizda faoliyat olib borayotgan jamoa va to'garak xodimlari balki markazimizning yosh o'quvchilaridan biri Malika Elizaning ham tadbirdagi ishtiroki o'z tengqur tomoshabinlarini to'lqinlantiribb yubordi.

Bir so'z bilan aytganda bugun markaz xodimlari shunchaki konsert qo'yishmadi balki bolajonlar bilan birga bolaliklariga qaytishdi.

Bu bilan bayram kayfiyati nihoyasiga yetmaydi. Eslatib o'tamiznavbatdagi konsert bugun 1-iyun soat 14.00 da Yunsobod tumanidagi mehribonlik uyida bolalarimiz uchun atalgan navbatdagi bayram konserti bo'lib o'tadi.

 

Muallif: ObRo'

YANGILIKGA OBUNA BO'LING