"Afrodita" haqida nima bilasiz?

Bugun biz sizlarga Toshkent shahar Markaziy madaniyat markazida faoliyat o'ib borayotgan "Afrodita" shou raqs guruhining faoliyati haqida qisqacha so'zlab bermoqchmiz. Markaz qoshida  2010 yilda  to'garak rahbari Kseniya Aleksandrovna tomonidan tashkil etilgan ushbu guruhda bugungi kunga kelib 50 ortiq qizlar  raqs sirlarini urganib kelmoqda.

"Jamoaning  asosiy maqsadi - ota bobolarimizdan o'tib kelayotgan raqs san'atini o'zlarining zamonaviy yondoshuvlari bilan boyitgan holda  jahonga tanitish va kelajak avlodga etkazish" deydi suhbat davomida jamoa rahbari Kseniya Aleksandrovna.


Bugungi kunda  4 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarni o'z bag'riga qamrab olgan ushbu jamoa katta, o'rta va kichik tayyorgarlik guruhlariga bo'lingan.
 

Milliy va jahon raqs durdonalarini urgatishga qaratilgan ushbu guruhda turli millat bolalarining yig'ilgani esa albatta e'tiborga loyiqdir. 
 

"Afrodita" jamoasi doimiy ravishda o'z ijodiy ishlari bilan shahar tadbirlari, festival va kontsertlarda faol qatnashib kelmoqda. Ko'p yillik izlanishlari natijasida jamoa boy repertuarga ega bo'lgan. Biz "Afrodita" jamoasining kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz.

 "Afrodita" jamoasining repetitsiya jaroyinni ko'rish uchun bu yerga bosing. 

YANGILIKGA OBUNA BO'LING