Ona zamin ohanglari

 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son va PQ-406-son qarorlariga muvofiq  joriy yilning 12-mart kuni

Mirobod tumani 1-sonli madaniyat markazida "Ona zamin ohanglari" ko`rik tanlovining shahar bosqichi bo`lib o`tdi."Xalq havaskorlik jamoasi"
unvoniga ega bo'lgan folklor-etnografik jamoalari ishtirok etishdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
"Xalq havaskorlik jamoasi" unvoniga ega bo'lgan folklor-etnografik jamoalarning faoliyatini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish,
yoshlarni milliy qadriyatlarimizga bо' lgan qiqziqishlarini yanada oshirish, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat olib borayotgan
folklor-etnografik jamoalaring ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishish, iqtidorli yosh ijrochilarni kashf etish, ularga amaliy yordam berish, shuningdek, nomlari hali ko'pchilikka tanish bo'lmagan iste'dodlarni aniqlash, katta sahnalarga
chiqishlariga ko'maklashish hamda ular ijodini keng targ'ib etishdan iborat. 

O`tkazilgan ko`rik tanlovda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti folklor va etnografiya kafedrasi mudiri Dotsent Isayev Kamoliddin va Maftuna To`rayevalar hakamlik qilishdi.

Ushbu ko`rik tanlovda Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi barcha madaniyat markazlari qatnashdi va Roshkent shahar 34-son Islom Karimov nomidagi madaniyat markazining Nodirabegim Xalq folklor etnografik jamoasi Goliblikni qo`lga kiritib respublika bosqichiga yo`llanma olishdi

YANGILIKGA OBUNA BO'LING