"Nazm va Navo" loyihasi boshlandi (2023-yil uchun).

Alisher Navoiy bobomizning 582 yilligi uchun Toshkent shahar Markaziy madaniyat markazi mehmonda

 

 

 

Toshkent shahar Markaziy madaniyat markazi "Tamanno" xalq ashula va raqs ansambli hamda "Registon" xalq vokal cholg'u ansambllari birgalikda buyuk bobokalonlarimizdan Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag'ishlanib o'tkazilgan "She'riyat mulkining sultoni" nomli tadbirda Toshkent Arxitektura-qurulish instituti mehmon san'atkorlari bo'lishdi. Tadbir davomida tomoshabinlar Toshkent shahar Markaziy madaniyat markazidan tashrif buyurishgan san'atkorlarning jonli ijrolaridan bahramand bo'lish bilan bir qatorda birgalikda ham kuylashdi. 

 

Tadbir davomida tomoshabinlar talablari bilan T.Sh.M.M.M. dan tashrif buyurishgan san'atkorlarimiz rejalashtirilgan dasturdan tashqari o'z repertuarlaridan ham kuylab berishdi.

Tadbir yakunida T.Sh.M.M.M. xalq ansambllarigaToshkent arxitektura-qurulish instituti ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori Feruza Tillayevna tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

YANGILIKGA OBUNA BO'LING